“Rossiya bilan birinchi shartnoma imzolandi. Neft qazib olish bilan birga uni qayta ishlash zavodi ham quriladi. Tanlangan joy kerakli kommunikasiyalar bilan jihozlangan”, -dedi Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Azizi KazanForum doirasida.
"Inteko Grupp" geologiya razvedka ishlarini amalga oshirdi. Yaqinda qazish ishlari boshlanadi, dedi Rossiyaning Afg‘onistondagi biznes markazi rahbari Rustam Xabibullin.