Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya Afg‘oniston shimoliga yirik gumanitar yordam jo‘natdi

Rossiya Afg‘oniston shimoliga yirik gumanitar yordam jo‘natdi

Rossiya hukumati 24 aprel kuni Afg‘oniston shimoliga o‘zining yirik gumanitar yordam karvonini jo‘natgan. Bu haqda Sputnik Afghanistan nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov 27 aprel, shanba kuni Afg‘oniston shimoliga 536 tonna vitamin bilan boyitilgan undan iborat yirik insonparvarlik yordami yetkazilganini ma’lum qilgan. Elchi, shuningdek, uning mamlakati Afg‘oniston uchun doimiy donor bo‘lib kelganini bildirgan.

Rossiya vakili aytishicha, Moskva Kobulga insonparvarlik yordamini davom ettiradi. Afg‘oniston shimolidagi och aholiga yordam berish uchun muntazam sa’y-harakatlar amalga oshiriladi.

Moskvaning Afg‘onistonga yordam paketi 33 tonna oziq-ovqatni ham o‘z ichiga olgani xabar berilgan. Keyingi jo‘natmalarda bu miqdor oshishi aytilgan.

Kiritildi: 18:11 29.04.2024. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!