Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya aeroportida O‘zbekistondan keltirilgan sut va go‘sht mahsulotlari yoqib yuborildi

Rossiya aeroportida O‘zbekistondan keltirilgan sut va go‘sht mahsulotlari yoqib yuborildi

Voronej viloyati bo‘yicha Rossiya veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (Rosselxoznadzor) boshqarmasi «Aeroport-Voronej» xalqaro o‘tkazish punktida chegara veterinar nazoratini amalga oshirish chog‘ida O‘zbekistondan keltirilgan va veterinar ilova hujjati bo‘lmagan nosanoat ishlab chiqarilgan hayvon mahsulotlarini ushlab qoldi, deb yozadi «Podrobno.uz».

Toshkent—Voronej reysi davlat inspektorlari tomonidan tekshirilishi chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari olib kirish taqiqlangan sut va go‘sht mahsulotlarini ixtiyoriy ravishda topshirdi.

Bunday mahsulotlarni yashirib olib kirishga uringan fuqarolarga nisbatan esa hayvonlar karantini qoidalarini yoki boshqa veterinar-sanitar qoidalarni buzganlik uchun bayonnoma tuzildi.

Barcha mahsulotlar aeroport xizmati tomonidan yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 09:00 11.10.2018. O'qildi: 1754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!