Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

«Ronaldusiz Portugaliya — oddiy jamoa»

«Ronaldusiz Portugaliya — oddiy jamoa»

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi uchun qanchalik muhimligi haqida gapirdi.

«An-Nasr»ning 41 yoshli hujumchisi jarohati sababli portugaliyaliklarning mart oyidagi yig‘inini o‘tkazib yubormoqda. Yaqinda Roberto Martines shogirdlari o‘rtoqlik uchrashuvida Meksika bilan durang o‘ynashdi (0:0).

«Ronalduni olib tashlang — shunda Portugaliya terma jamoasi oddiy bir jamoaga aylanadi. Odamlar doimo Krishtianuni chaqirmaslikni so‘rashadi... Mana, u Meksikaga qarshi o‘ynamadi — natijani ko‘rdingiz! Na xavf bor, na raqiblarda qo‘rquv. Meksika bosim o‘tkazadigan oddiy bir jamoa», — deya The Touchline Mourinyoning so‘zlarini keltiradi.

Seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi Portugaliya terma jamoasi AQSh bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 10:28. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!