Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ronalduning muxlislarga nisbatan nojo‘ya harakati o‘rganilmoqda

Ronalduning muxlislarga nisbatan nojo‘ya harakati o‘rganilmoqda

«An Nasr» video sun’iy intellekt yordamida tayyorlanganini da’vo qildi.

Saudiya Pro ligasi 21-tur doirasidagi «An Nasr» va «Ash Shabob» bahsi (3:2) yakunida raqib jamoa muxlislari Ronalduga «Messi! Messi!» deya hayqirishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda portugaliyalik forvard bunga nojo‘ya ishora bilan javob qaytargan videosi tarqaldi.

Saudiya Arabistoni futbol federasiyasining dissiplinar qo‘mitasi holat yuzasidan tezkor tekshiruv boshladi, deya xabar bermoqda Goal nashri o‘z manbalariga tayanib.

«An Nasr» videoni sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan deb da’vo qilmoqda.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan 2 kun ichida qaror qabul qilinadi.

Kiritildi: 01:44 27.02.2024. O'qildi: 1658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!