Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ronaldu "Yuventus"ni sudga berishga tayyor

Ronaldu "Yuventus"ni sudga berishga tayyor

Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ni sudga berishga tayyor.

Sababi, Turin klubi maxfiy kelishuv doirasida portugaliyalikka va’da qilingan 19,9 million yevroni to‘lamagan.

Ronalduning "Yuventus" bilan maxfiy kelishuvi bo‘lib, u 2022 yil 23 mart kuni tintuvlar chog‘ida Turindagi advokat Federiko Restanoning ofisida topilgan edi. Ushbu kelishuv doirasida "Yuve" hali hujumchiga 19,9 million yevro to‘lagani yo‘q. To‘lov Krishtianu ketgan taqdirda ham va’da qilingan.

Gap "Yuventusning"ning kovid davrida ba’zi futbolchilar bilan tuzgan kelishuvi haqida ketmoqda. Ular bir muncha vaqt o‘tgach, norasmiy ravishda pul olish uchun maoshni qisqartirishga rozi bo‘lishgan edi.

Kiritildi: 22:34 20.01.2023. O'qildi: 2829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!