Bugun 29 iyun, 2024 yil, shanba

КИР

Ronaldu muhim qarorga keldi

Ronaldu muhim qarorga keldi

Krishtianu Ronaldu Germaniya mezbonlik qilayotgan Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan yoshi eng katta ikki futbolchidan biri hisoblanadi.

39 yoshli to‘purar hali xalqaro miqyosdagi faoliyatini tugatmoqchi emas.

Relevo nashrining yozishicha, Yevropa chempionati Ronaldu faoliyatidagi oxirgi katta turnir bo‘lmaydi. Manbaga ko‘ra, Krishtianu 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida ham ishtirok etishga qaror qilgan.

Ronaldu futbol tarixida terma jamoalar miqyosida eng ko‘p o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini eng ko‘p ishg‘ol qilgan futbolchi hisoblanadi.

Uning hisobida xalqaro miqyosda 207 ta o‘yin, 130 ta gol va 46 ta assist bor. Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi safida 2003 yildan beri to‘p tepyapti.

Kiritildi: 09:25 18.06.2024. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!