2018 yilgi jahon chempionati 1/8 finaliga chiqqan yana 4 terma jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Ular Shvesiya, Meksika, Braziliya hamda Shveysariya.
Braziliya hamda Meksika Urugvay, Portugaliya, Fransiya va Argentina terma jamoalar bilan birga "setka"ning birinchi qismidan o‘rin oldi. Shvesiya hamda Shveysariya esa Ispaniya, Rossiya, Xorvatiya hamda Daniya terma jamoalari bilan ikkinchi tomonda joylashdi.
Shu tariqa, yulduzli duel jahon chempionati finaliga qadar yuz beradi:
portugaliyalik Krishtianu Ronaldu argentinalik Lionel Messi bilan 1/4 finalda, Ronaldu braziliyalik Neymarga qarshi 1/2 finalda yoki Messi Neymarga qarshi 1/2 finalda (bu futbolchilarning terma jamoalari o‘z raqiblarini mag‘lub etsa) duch kelishi mumkin.