Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu jarima to‘lamaguncha Madridni tark etmaydi

A A A
Ronaldu jarima to‘lamaguncha Madridni tark etmaydi

«Real»dan «Yuventus»ga o‘tgan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiyaga ketishdan oldin, Ispaniya soliq idorasi bilan hisob-kitob qiladi.

Avvalroq, 33 yoshli futbolchi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganligini tan olgan va 2 yillik shartli qamoq jazosiga mahkum qilingandi. Yaqin orada Ronaldu 18,8 million yevro miqdoridagi jarimani to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu yakshanba kuni Italiyaga boradi, dushanba kuni esa tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Ronalduning «Yuventus»dagi taqdimot marosimi «yopiq eshiklar ortida» o‘tkaziladi.

Manba: tribuna.uz

Kiritildi: 11:30 13.07.2018. O'qildi: 2934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik