Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Ronaldu Italiyada kimlar bilan raqobatlashmoqchi?

A A A
Ronaldu Italiyada kimlar bilan raqobatlashmoqchi?

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu futboldagi raqobat haqida fikr bildirdi.

“Messi? Yo‘q, men futbolda hech kim bilan raqobatlashmayman. Men futboldan umuman boshqa taassurotlar olaman. “Yuventus” bilan har bir o‘yinda maksimal natija ko‘rsatishni, g‘alaba qozonishni istayman.

Italiya futbolida raqobat kuchli. Ammo men hech kim bilan raqobatlashmoqchi emasman. Menga o‘xshab “Milan” yoki “Napoli” klubi futbolchilari ham o‘z jamoalariga foyda keltirish uchun o‘ynashadi. Kim kuchli bo‘lishini va kim, aslida, kuchli ekanligini mavsum yakunida bilib olamiz”, dedi Ronaldu.

Kiritildi: 18:20 19.07.2018. O'qildi: 4890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!