Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ronaldu bugunning o‘zida yana bir rekordni yangiladi

Ronaldu bugunning o‘zida yana bir rekordni yangiladi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bugunning o‘zida ikkinchi rekordni yangiladi.

Avvalroq hujumchi bugun Vengriyaga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib, Yevropa chempionatida 5 marta qatnashgan yagona futbolchiga aylangani haqida xabar bergandik. Buni qarangki, bu rekord sovimay turib Krishtianu yana bir rekordni yangiladi — Vengriya darvozasiga ikkita gol urib, Yevropa chempionatida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

Ronaldu 11 ta gol bilan birinchi o‘rinda, undan keyingi o‘rinda sobiq futbolchi Mishel Platini bormoqda.

Kiritildi: 22:53 15.06.2021. O'qildi: 2894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!