Saudiyaning «An-Nasr» klubi yulduzli hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoa muxlislariga murojaat yo‘lladi.
«Mavsumning birinchi o‘yinidanoq nimani xohlashimizni bilardik. Jamoa ko‘p mehnat qildi, mashg‘ulotlar va o‘yinlarda bor kuchini berdi. Bu oson yo‘l bo‘lmadi, lekin biz uni birgalikda bosib o‘tdik. Doimo yonimizda bo‘lganingiz va bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat», — deyiladi 41 yoshli portugaliyalik to‘purarning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
«An-Nasr» 2025/26 yilgi mavsumda Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi. Ronaldu Saudiya klubidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Krishtianuning shartnomasi kelgusi yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.