Krishtianu Ronaldu «An Nasr» bilan Elit Osiyo chempionlar ligasida g‘olib bo‘lmoqchiligini aytdi.
«Go‘zal mamlakatda yangi hayot boshladik. Oilam va men baxtlimiz. Jamoa bilan hamon yo‘ldamiz. Yanada yaxshilanmoqchimiz.
Professional bo‘lish — eng muhimi. Shuningdek, ko‘p mehat qilish, klubni va shartnomani hurmat qilish hamda hammasi yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishonish kerak. «An Nasr» ko‘proq titul yutishga harakat qiladi.
Jamoam uchun Elit OCHLda g‘alaba qozonishni istayman. Ishlashda davom etib, «An Nasr»ga chempion bo‘lishda yordam beraman. Bu yil klub uchun yaxshi bo‘lishiga ishonaman», — deya portugaliyalik forvardning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.
Ronalduning «An Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan.