Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Roma" klubi muxlislari sharmandali mag‘lubiyatdan keyin futbolchilarga ultimatum qo‘ydi

"Roma" klubi muxlislari sharmandali mag‘lubiyatdan keyin futbolchilarga ultimatum qo‘ydi

"Roma" futbolchilari Konferensiyalar ligasi doirasidagi "Byud-Glimt"ga qarshi o‘yindagi sharmandali mag‘lubiyati uchun o‘z muxlislaridan kechirim so‘rashlari kerak edi.

Norvegiyaga kelgan 400 ga yaqin tiffozi jamoaning o‘yinidan nihoyatda norozi bo‘ldi, chunki rimliklar oltita gol o‘tkazib yubordi. Yakuniy mag‘lubiyat muxlislarni g‘azablantirdi va final hushtagidan so‘ng ular futbolchilarni haqorat qila boshladilar.

Natijada "Roma" sardori Lorenso Pellegrini jamoadoshlarini mehmonlar tribunasiga olib borishga majbur bo‘ldi. Muxlislar esa jamoaga ultimatum qo‘ygan. Endi futbolchilar faqat A Seriyada "Napoli" ni mag‘lub etish orqali o‘zlarini qutqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Konferensiyalar ligasida "Roma" safarda Norvegiyaning "Byud-Glimt" jamoasiga 1:6 hisobida yutqazdi. Mezbonlarning xet-trikiga 18 yoshli norvegiyalik Erik Butxaym mualliflik qildi. Joze Mourinyo boshchiligidagi jamoa birinchi marta oltita gol o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 15:00 22.10.2021. O'qildi: 6037 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!