Farg‘ona viloyati Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik forumi yakunlandi.Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivali bilan uyg‘un holda tashkil etilgan tadbirda 22 ta xorijiy davlat va yurtimizning turli hududlaridan kulollar ishtirok etdi.
Forum doirasida Turkiyaning Kutaxya shahri va Rishton tumani o‘rtasida birodar shaharlar memorandumi imzolandi.
Memorandum imzolash tadbirida Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov, Kutaxya shahri hokimi Alim Ishik ishtirok etishdi.
Memorandumni imzolashdan ko‘zlangan asosiy maqsad Rishton tumani va Kutaxya shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish, ikki tomon o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Kutaxya shahri o‘zining noyob kulolchilik mahsulotlari bilan dunyoga mashhur bo‘lib, Turkiya milliy kulolchilik an’analarining yetakchisi hisoblanadi.
Bugun Xalqaro kulolchilik forumining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turli nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Nominasiya g‘oliblari ro‘yxati bilan tanishing:
1-o‘rin Alisher Nazirov (Rishton tumani);
2-o‘rin Adil Abdul Chani Bil (Malayziya);
3-o‘rin Odilbek Rahimov (Xorazm).
1-o‘rin Akasura Taraxeri (Yaponiya);
2-o‘rin Mirzobahrom Abduvahobov (Andijon);
3-o‘rin No‘’mon Obloqulov (Samarqand).
1-o‘rin Ilhom Bobomurodov (Samarqand);
2-o‘rin Xan Lui (Xitoy);
3-o‘rin Hasan Sharipov (Buxoro).
1-o‘rin Vahob Buvayev (Namangan);
2-o‘rin Ismoiljon Komilov (Rishton tumani);
3-o‘rin Kristina Vilij (Gresiya).
1-o‘rin Javlon G‘aniyev (Shahrisabz);
2-o‘rin Doniyar Bobanov (Qozog‘iston);
3-o‘rin Xumoyun Zokirov (Farg‘ona).
1-o‘rin Dilnoza Otajanova (Xorazm);
2-o‘rin Dilbar Umarova (Turkmaniston);
3-o‘rin Galina Visel (Rossiya).