Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rishton va Dang‘ara tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Rishton va Dang‘ara tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton va Dang‘ara tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ushbu tumanlardagi “O.F.” va “S.F.” MCHJlarga qarashli dorixona rahbarlari X.T. va S.M. jami 115 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud “Omnadren” nomli dori vositasini shifokor reseptisiz 4,4 mln mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:03 08.07.2024. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!