Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari respublika hududida bo‘lgan bir paytda Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
"Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi har qanday bir tomonlama chaqiruvi hozirgi sharoitda mutlaqo ma’nosizdir. Menimcha, bu yolg‘on chaqiriq. Rossiya bundan qayta to‘planish, o‘z qo‘shinlarini kuchaytirish uchun foydalanadi. Ular qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqmas ekan, haqiqiy muzokaralar olib borib bo‘lmaydi”, — deya ta’kidladi Britaniya hukumati rahbari.