Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

RF Markaziy saylov komissiyasi Putinni prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga oldi

RF Markaziy saylov komissiyasi Putinni prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga oldi


Rossiya Federasiyasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) amaldagi davlat rahbari Vladimir Putinni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi.

Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilovaning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan komissiya yig‘ilishida qaror bir ovozdan qabul qilingan.

Putin bo‘lajak prezidentlik saylovlarida ro‘yxatga olingan to‘rtinchi nomzod bo‘ldi.

Avvalroq LDPR partiyasi yetakchisi Leonid Slutskiy, Davlat dumasi vise-spikeri Vladislav Davankov, shuningdek, Kommunistik partiya fraksiyasidan Davlat dumasi deputati Nikolay Xaritonov ro‘yxatga olingan edi.

Rossiya prezidenti saylovlari 2024 yil 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:03 29.01.2024. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!