"Ish bo‘yicha hukm 10 yanvar kuni ertalab e’lon qilinishi belgilangan. Ayblanuvchi hukm chiqarilishida shaxsan yoki virtual ishtirok etishni tanlashi mumkin. Hozirgi bosqichda sudning hech qanday qamoq jazosi tayinlamaslik istagini e’lon qilish o‘rinli ko‘rinadi", deyiladi sud hujjatida.
"Bu Tramp hech qanday qamoq jazosi, jarima yoki sinov muddatiga duch kelmasligini anglatadi", deb yozadi Reuters.
Avvalroq Trampning advokatlari ishni rad etish haqida ariza bergan edi. Ammo sudya Xuan Merchan "bunday qaror qonun ustuvorligiga putur yetkazadi" deya fikr bildirgan edi.