Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Restoranlar koronavirusga qarshi emlangan xo‘rrandalar uchun chegirmalar taqdim etmoqda

Restoranlar koronavirusga qarshi emlangan xo‘rrandalar uchun chegirmalar taqdim etmoqda

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan restoranlar koronavirusga qarshi emlangan mijozlarga chegirmalar berishni boshladi.

Ushbu harakatlar odamlarni vaksinani qabul qilishga targ‘ib uchun olib borilmoqda. Dunyoning turizm markazlaridan biri bo‘lgan BAA mamlakati o‘z eshiklarini xorijliklarga yopmagan holda koronavirusga qarshi kurashishga harakat qilmoqda.

Geyts Hospitality kompaniyasi tomonidan boshqariladigan uchta restoran koronavirus vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan mijozlarga 10 foiz, ikkita dozani olib bo‘lganlarga esa 20 foiz chegirma taqdim etmoqda. Xo‘rrandalar chegirmaga ega bo‘lishlari uchun vaksinani qabul qilganlik haqidagi tibbiy sertifikatni ko‘rsatishlari kerak. Ba’zi odamlar bu harakatni mamnuniyat bilan qabul qilishgan bo‘lsada, boshqalar bu holatga salbiy fikr bildirishgan.

«Bu harakatning sababini ikkita narsa bilan izohlash mumkin:bu xaridorlarni jalb qilish yoki ko‘proq odamlarni emlashga turtki berish uchun qilinmoqda» deydi Tvitter foydalanuvchilardan biri.

BAA hukumatining ma’lum qilishicha, hozirgacha mamlakatdagi 10 million aholining 2,5 million nafari koronavirusga qarshi emlanib bo‘lindi. Bu bilan BAA aholisini koronavirus vaksinasi bilan ta’minlash bo‘yicha dunyoda Isroildan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.

Ettita amirlikdan tashkil topgan BAA o‘tgan yilning dekabr oyida Pfizer va Sinopahrm kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalarni ro‘yxatdan o‘tkazib, koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlagandi.

Dubay o‘tgan yilning iyul oyida sayyohlar uchun ochildi. Yangi yil bayrami munosabati bilan virus tarqalishi ko‘payganiga qaramay hozir ham sayyohlar bu yerga kelib, dam olishlari mumkin. Dubayda restoranlar va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari ham o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 14:33 27.01.2021. O'qildi: 1335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!