Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Reshford Ronaldu ta’sirida “Manchester Yunayted”dan ketishi kutilmoqda

Reshford Ronaldu ta’sirida “Manchester Yunayted”dan ketishi kutilmoqda

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etganidan keyin klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshfordning o‘yini ochilib ketdi.

25 yoshli futbolchi jahon chempionatidan keyin “Yunayted” safida muntazam gol urmoqda. Markusning amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Klub rahbariyati u bilan hamkorlikni uzaytirish payiga tushib qolgan.

Biroq, Markus Reshford klubni tark etish ehtimoli katta. O‘tgan yili klub rahbariyati “Ronaldu qoidasi”ni joriy qilgan edi. Unga ko‘ra, hech bir futbolchiga haftasiga 300 ming funtdan ortiq maosh berilmaydi.

Ronaldu Manchesterda o‘ynagan davrda haftasiga 480 ming funt olgan. O‘yinida pasayish bo‘lgani sababli rahbariyat maosh masalasida hamma bo‘ysunishi majburiy bo‘lgan cheklov kiritdi.

Aynan mana shu qoida Markus Reshfordning kelajagiga ta’sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Kiritildi: 21:09 25.03.2023. O'qildi: 1930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!