Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Renault O‘zbekistonda mashhur markadagi avtomobillarni ishlab chiqarmoqchi

A A A
Renault O‘zbekistonda mashhur markadagi avtomobillarni ishlab chiqarmoqchi

Renault kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishmoqda.

Mazkur masala korporasiyasi rahbariyati bilan O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.

Renault, xususan, mashhur KWID modelini ishlab chiqarish, o‘z navbatida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonga mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yishga tayyor.

Avtokonsern mutasaddilari birinchi bosqichda “A” klass avtomobillarini yig‘ish, kelgusida esa boshqa segmentlarga o‘tish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirib borishga tayyorligini tasdiqlashdi.

Ta’kidlanganidek, kompaniya mamlakatimizga Markaziy Osiyodagi uzoq muddatli sherik sifatida qaramoqda va shuning uchun ham qo‘shma loyihalarga alohida ahamiyat berilyapti.

Binobarin, fransuz delegasiyasi ushbu imkoniyatni o‘rganish maqsadida yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Renault vakillari, shuningdek, 2018 yilda O‘zbekistonda o‘zlariga tegishli bo‘lgan Lada rusumidagi 6000 ta avtomobil sotilganiga urg‘u berishdi. Bu esa mahalliy bozor imkoniyatlari keng va o‘zbekistonlik iste’molchilarning qiziqishi katta ekanligidan darak beradi.

Ma’lumot uchun, Renault Group (Renault, Dacia, Alpine, Renault Samsung Motors, Lada brendlari) — Fransiyaning yirik avtomobilsozlik korporasiyasi bo‘lib, unga 1898 yilda asos solingan. Kompaniyaning 134 davlatda vakolatxonasi, 39 ta zavodi bor. O‘tgan yilda mazkur brend 3,9 mln. ta avtoulov sotgan hamda 57 mlrd. yevrodan ortiq daromad ko‘rgan.

Kiritildi: 15:20 01.07.2019. O'qildi: 2098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!