Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rekord: Buyuk Britaniyada bir kunda 3 mingga yaqin kishida COVID-19 aniqlandi

Rekord: Buyuk Britaniyada bir kunda 3 mingga yaqin kishida COVID-19 aniqlandi

Yakshanba kuni Britaniyada 2988 kishining koronavirusga chalingani haqida xabar berildi. Bu kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha may oyidan beri qayd etilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Hozirda Britaniyada boshqa Yevropa mamlakatlari kabi koronavirusga chalinish hollari ko‘paymoqda. Bunga karantin choralari yumshatilib, jamiyatdagi odamlarning o‘zaro kontaktlari oshgani sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, kasallanganlarning rasmiy soni oshishi tekshiruvlarning kengaygani bilan ham izohlanmoqda. Ya’ni  koronavirusni yengil asoratlar bilan yoki hech qanday asoratsiz boshidan kechirayotgan odamlar ham bemorlar safiga qo‘shilmoqda.

Lekin Britaniyada COVID-19 bemorlarini kasalxonaga qabul qilish va bu kasallikdan o‘lim hollari ko‘paygani yo‘q. Yakshanba kuni 2 kishining mazkur kasallikdan vafot etgani ma’lum qilingan.

Hozirda Britaniya koronavirusdan qayd etilgan qurbonlarning umumiy soni bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda turibdi. Bu mamlakatda rasman 41 551 kishining koronavirus qurboniga aylangani qayd etilgan.

Kiritildi: 14:14 07.09.2020. O'qildi: 1426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!