Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

"Real" yulduzi: Yo asosiy tarkib, yoki yangi klub

"Real" yulduzi: Yo asosiy tarkib, yoki yangi klub

«Real»ning braziliyalik hujumchisi Rodrigo joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, Milanning «Inter» klubi Rodrigoning «Real»dagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, hujumchiga Angliyaning «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenxem» klublari, shuningdek, Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Rodrigoning o‘zi «Real»da qolishni istaydi, biroq u zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishga rozi emas.

Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 23:54 27.02.2026. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!