Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

«Real» o‘z tarixidagi eng qimmat transferni rasmiylashtirdi

«Real» o‘z tarixidagi eng qimmat transferni rasmiylashtirdi

Yan Diomandening Madridning «Real» klubiga o‘tishi, nazarda tutilgan barcha bonuslar to‘langan taqdirda, klub tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, «RB Leypsig» bilan tuzilgan bitimning maksimal qiymati 140 million yevroni tashkil etishi mumkin. Shu tariqa, 19 yoshli ivuarlik futbolchining o‘tishi «Real» Dortmundning «Borussiya»siga bonuslarni hisobga olgan holda 134 million yevrogacha to‘lagan Jud Bellingemning rekord transferidan o‘tib ketadi.

Madrid klubi tarixidagi eng qimmat xaridlar kuchli beshligiga, shuningdek, Eden Azar (120 mln), Garet Beyl (101 mln) va Krishtianu Ronaldu (94 mln) kiradi.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar bugun, 6 avgust kuni Diomande transferini rasman tasdiqladilar.

Kiritildi: 23:34 06.08.2026. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!