Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

"Real" muxlislari: "Bizga Mbappe kerak"

"Real" muxlislari: "Bizga Mbappe kerak"

"Real" futbolchisi Eden Azarning taqdimot marosimi bugun tashkillashtirilganidan xabaringiz bor.

Aftidan, belgiyalik futbolchining transferi madridlik muxlislarni kutilganidek quvontirmagan ko‘rinadi. Chunki stadion sezilarli darajada bo‘sh, Azarning taqdimot marosimida Ronalduning rekordi takrorlanishi kutilgandi, ammo bunga yaqin kelmadi ham.

Qolaversa, ma’lumotlarga ko‘ra, muxlislar stadionda "Bizga Mbappe kerak!" deya hayqirishgan. Ehtimol, Azarning transferidan xursand bo‘lgan muxlislarning ishtahasi ochilib, Mbappeni ham istab qolishgandir. Bunisi bizga qorong‘i.

Kiritildi: 23:31 13.06.2019. O'qildi: 2069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!