"Real" Joze Mourinyo boshchiligida La Liganing dastlabki uch uchrashuvida maksimal natija qayd etdi.
3-turda madridliklar "Malaga"ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Bunga qadar "Real" "Real Sosyedad"ni 4:1, "Espanyol"ni esa 2:1 hisobida yenggan edi.
Shu tariqa, Mourinyo jamoasi uch turdan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, ayni paytda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
"Barselona" ikki o‘yindan keyin 6 ochkoga ega va keyingi uchrashuvda g‘alaba qozonsa, ochkolar soni bo‘yicha "Real"ga yetib olishi mumkin.
Madrid klubi navbatdagi bahsini 4 sentyabr kuni "Betis"ga qarshi o‘tkazadi.