Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Real" Mbappe borasida yakuniy qarorga keldi

"Real" Mbappe borasida yakuniy qarorga keldi

Madridning “Real” klubi Fransiya terma jamoasi va “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi emas, deya xabar bermoqda AS nashri.

"Qirollik klubi" 23 yoshli hujumchining o‘zi "Santyago Bernabeu"ga o‘tish istagini bildirmaguncha uni sotib olishga urinmasliklarini aytishgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum oxirida tomonlar muzokaralar olib borishgan va kelishuvga yaqin turgandi, biroq so‘nggi daqiqada Kilian fikrini o‘zgartirib, parijliklar bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida Mbappe 7 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi.

Kiritildi: 17:53 19.09.2022. O'qildi: 1969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!