Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real» Mark Kukurelya transferini e’lon qildi

«Real» Mark Kukurelya transferini e’lon qildi

Madridning «Real» klubi o‘z rasmiy saytida «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya transferini e’lon qildi. Tomonlar olti mavsumga — 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladilar.

Avvalroq OAVda «Real» Kukurelya uchun 55 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Markning «Real»dagi yutuqlari uchun «Chelsi» bonuslar tariqasida yana 5 million yevro olishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Kukurelya barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan edi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 16:03. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!