Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Real" himoyachisi Ryudiger ISHIDni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanayotganiga munosabat bildirdi

"Real" himoyachisi Ryudiger ISHIDni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanayotganiga munosabat bildirdi

Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger ISHIDni qo‘llab-quvvatlagani borasida o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga izoh berdi.

"Ro‘za boshlanishi munosabati bilan men "Instagram"dagi sahifamda post e’lon qildim. U allaqachon 13 kundan beri omma oldida ko‘rish uchun mavjud va hech kimning tanqidisiz bir necha million obunachilarni qamrab oldi. Biroq so‘nggi kunlarda odamlar bu suratdan foydalanib, asossiz ayblovlar qo‘ymoqda.

Men ishlatgan imo-ishora tavhid barmog‘i deyiladi. Islomda u Xudoning birligi va yagonaligi ramzi hisoblanadi. Bu imo-ishora butun dunyodagi musulmonlar orasida keng tarqalgan va so‘nggi bir necha kun ichida Federal Ichki ishlar vazirligi tomonidan muammosiz deb topilgan.

Umid qilamanki, bu tushuntirish har qanday tushunmovchiliklarni bartaraf etish va haqiqatni yoritishga yordam beradi. Bu borada meni doim qo‘llab-quvvatlab kelgan Germaniya futbol assosiasiyasiga ham minnatdorchilik bildiraman", — dedi Ryudiger.

Eslatib o‘tamiz, BILD nashrining sobiq bosh muharriri Djulian Rayxelt ko‘tarilgan ko‘rsatkich barmog‘i islomiy belgi ekanligini yozgan edi.

"Real" himoyachisi Ryudiger ISHIDni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanayotganiga munosabat bildirdi

Kiritildi: 07:27 29.03.2024. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!