Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real"da Xabi Alonso o‘rniga ikki nomzod ma’lum bo‘ldi

"Real"da Xabi Alonso o‘rniga ikki nomzod ma’lum bo‘ldi

"Real" Xabi Alonso iste’foga chiqarilgan taqdirda bosh murabbiylikka nomzodlarni aniqlab bo‘lgan. Shunday qilib, "qaymoqranglilar" ikkita nomzodni ko‘rib chiqmoqda: bu fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan va germaniyalik murabbiy Yurgen Klopp. Bu haqda El Mundo nashri xabar bermoqda.

Avvalroq, Xabi Alonsoning "Real"dagi taqdiri Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan so‘ng hal bo‘lishi ma’lum qilingandi. Mag‘lubiyat qayd etilgan taqdirda ispaniyalik "Qirollik klubi"dan iste’foga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" La Liganing so‘nggi 5ta o‘yinida atigi 1ta g‘alabani qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 2-o‘ringa tushib ketdi. "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin 10 dekabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqich 6-turidan o‘rin olgan.

Kiritildi: Bugun 18:14. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!