Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ravon 9 oydan beri Rossiyada sotilmayapti. Nega?

Ravon 9 oydan beri Rossiyada sotilmayapti. Nega?

Rossiyada to‘qqiz oydan beri O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Ravon avtomobillari sotilmay qo‘ydi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi hisobotida ma’lum qilindi.

Sof nashriga ko‘ra, hisobotda ta’kidlanishicha, 2018 yilning fevralida Rossiyada Ravon rusumidagi 1,5 mingga yaqin avtomobil sotilgan. 2019 yilning fevralida esa bu ko‘rsatkich 0 foizni tashkil qildi.

Savdoning bu darajada pasayib ketishi Rossiyadagi dilerlik markazlarida Ravon avtomobillarining sotuvda yo‘qligi bilan izohlanmoqda.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston 2018 yil o‘rtalarida Rossiyaga avtomobil eksportini to‘xtatgan. Ravon Rossiyada so‘nggi bor 2018 yilning may oyida sotilgan.

Kiritildi: 18:16 08.03.2019. O'qildi: 3609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!