Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rasman! "Yuventus" o‘z afsonasining o‘g‘lini sotib oldi

A A A
Rasman! "Yuventus" o‘z afsonasining o‘g‘lini sotib oldi

23 yoshli yarim himoyachi Kefren Tyuram-Yulyen "Yuventus"ga o‘tdi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati. Futbolchi bunga qadar “Nissa” sharafini himoya qilgan.

Turin klubi jamoa afsonasining o‘g‘li bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Tyuram 2019 yildan beri "Nissa"da to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum fransuz klubi safida barcha turnirlarda jami 29 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, yarim himoyachining taxminiy narxi 35 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 22:31 10.07.2024. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!