Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rasman! «Manchester Yunayted» Sulsher iste’fosini e’lon qildi

Rasman! «Manchester Yunayted» Sulsher iste’fosini e’lon qildi

Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqardi.

Norvegiyalik mutaxassis jamoa bilan 2018 yilning dekabr oyidan buyon ishlab kelayotgandi. Bu vaqt ichida «Yunayted» birorta ham sovrin yuta olmadi.

«Manchester Yunayted»ning Sulsher qo‘l ostida APLdagi eng yaxshi natijasi 2020/21 yilgi mavsumda ikkinchi o‘rin. O‘sha mavsumda klub Yevropa ligasi finaliga chiqdi va ushbu bosqichda «Vilyarreal»ga yutqazdi.

APLning joriy mavsumida 12 o‘yinda mankunianliklar 17 ochko jamg‘arib, 7-o‘rinda bormoqda. Jamoa ligadagi so‘nggi 7 o‘yinining 5 tasida mag‘lub bo‘ldi va kecha «Uotford»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Oldinroq «Manchester Yunayted» Sulsherga ishdan bo‘shatilganidan keyin 7,5 million funt to‘lashi xabar qilingandi.

Kiritildi: 16:51 21.11.2021. O'qildi: 2499 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!