Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Rasman! Lionel Messi — "Inter Mayami" futbolchisi

A A A
Rasman! Lionel Messi — "Inter Mayami" futbolchisi

MLSning "Inter Mayami" klubi argentinalik hujumchi Lionel Messining transferini rasman e’lon qildi. Klubning tvitterdagi rasmiy sahifasida transfer haqidagi reklama roligi paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ 2022/2023 yilgi mavsum yakunida Messining ketishini elon qilgan edi. 35 yoshli futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etdi: Lionel 2021 yilning yozidan buyon jamoada o‘ynab kelayotgandi.

“Inter”ning taklifini qabul qilishdan avval “Oltin to‘p”ning yetti karra sohibi “Barselona” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari takliflarini rad etdi. Vaholanki, "Al-Hilol" futbolchiga ikki yil davomida 1,2 milliard yevro to‘lashga va’da bergandi.

Argentinalik hujumchi joriy mavsumda “PSJ” safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:52 08.06.2023. O'qildi: 3341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!