Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rasman. Joan Laporta – «Barselona» prezidenti

Rasman. Joan Laporta – «Barselona» prezidenti

Joan Laporta «Barselona» prezidentligiga qaytdi.

58 yoshli funksioner saylovlarda 54,28% ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. U Viktor Font (29,29%) va Toni Freyshani (8,58%) ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Laporta Kataloniya klubi prezidentligi uchun saylovlarda 4-bor qatnashdi. U 2003 va 2006 yilgi saylovlarda g‘alaba qozongan, 2015 yili esa Jozep Bartomeuga yutqazgan edi. U 2003 yildan 2010 yilgacha jamoani boshqargan va ushbu davrda «ko‘k-anorranglilar» 4 bor La Ligada, 2 marta Chempionlar Ligasida zafar quchishgan. Umumiy hisobda 12ta sovrin qo‘lga kiritilgan. Jamoa 2009 yili o‘zi ishtirok etgan barcha 6 turnirda g‘olib bo‘lib, rekord o‘rnatgan.

Shu tariqa Laporta 2020 yil oktyabr oyida iste’foga chiqarilgan Bartomeuning o‘rnini egalladi va endi klubga 2027 yilgacha rahbarlik qiladigan bo‘ldi.

Kiritildi: 10:58 08.03.2021. O'qildi: 2591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!