Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Rasman! Endi isitmasi borlar bozor va do‘konlarga kiritilmaydi

Rasman! Endi isitmasi borlar bozor va do‘konlarga kiritilmaydi

Mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish hamda nazoratdan chiqarmaslikni ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eng muhim yangiliklardan biri, shuki yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarining (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.

Bunda ushbu majmualarga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati o‘lchanadi hamda 37 S va undan yuqori bo‘lganda, mazkur fuqarolar ushbu majmualarga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bunda ushbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.

Shuningdek, markazlashgan holda pirometrlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ikki kun muddatda yetkazib beriladi.

Kiritildi: 02:16 05.04.2020. O'qildi: 2352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!