Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rasman! Eden Azar «Real» futbolchisiga aylandi

Rasman! Eden Azar «Real» futbolchisiga aylandi

Madridning «Real» klubi «Chelsi»dan Eden Azarni sotib olganini e’lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

28 yoshli futbolchi bilan 5 yillik bitim tuzilgan. «Real» Azar uchun bonuslar bilan birga hisoblaganda 130 milllion funt to‘laydigan bo‘ldi. Bu esa madridliklarning yangi transfer rekordi hisoblanadi.

Azarning Madriddagi tanishtiruv marosimi 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Eden Azar «Chelsi» safida 7 mavsumni o‘tkazdi. U bu davrda 352 ta o‘yin o‘tkazib, 110 ta gol urdi. 2 karra Angliya chempioni bo‘ldi. Angliya Liga Kubogi va mamlakat kubogiga ega chiqdi. Shuningdek, 2 marta Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Qayd etish joiz, Jamoaning avvalgi transfer rekordi 2013 yilda Garet Beyl orqali o‘rnatilgandi. O‘shanda «Qirollik klubi» Beylni «Tottenhem»dan 85,3 million funtga sotib olgandi.

Kiritildi: 12:51 08.06.2019. O'qildi: 1535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!