Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rasman! Bugundan viloyatlararo avtotransport harakati butunlay to‘xtatildi

Rasman! Bugundan viloyatlararo avtotransport harakati butunlay to‘xtatildi

Hurmatli fuqarolar mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi keng miqiyosda tarqalishining oldini olish maqsadida bugun, 27 mart soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi.

Aholi salomatligini asrash, sanitariya osoyishtaligini ta’minlash maqsadida joriy etilayotgan vaqtinchalik cheklov choralarini to‘g‘ri baholagan holda unga so‘zsiz amal qilishingizni so‘rab qolamiz.  

Karantin qoidalariga qat’iy amal qilish va asosiy vaqtni uyda o‘tkazish koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishda eng samarali usuldir. Shu bois zarurat bo‘lmaganda, ko‘chaga chiqmasdan, oila davrasida qolish juda muhimligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Ushbu cheklov chorasi yuk tashuvlari bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalari va ularning haydovchilariga nisbatan tadbiq etilmaydi. Biroq yuk avtotransport vositalarida hujjatlarda qayd etilmagan shaxslarning harakatlanishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Transport vazirligi axboroti

Kiritildi: 12:42 27.03.2020. O'qildi: 2843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!