Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rashid Qodirov barcha unvonlaridan mahrum etildi

Rashid Qodirov barcha unvonlaridan mahrum etildi

Avvalroq xabar berganimizdek, Toshkent shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respulikasining  2000-2015 yillardagi Bosh prokurori Rashid Qodirovga 10 yil qamoq jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, sud og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan Rashid Qodirovni (JKning 52-moddasi) maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qilish haqida taqdimnoma kiritishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, qariyb olti oy davom etgan, O‘zbekiston Respublikasi JPK (jinoyat-prosessual kodeks) ning 19-moddasi, shuningdek “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, yopiq tarzda o‘tkazilgan sud tergovi jarayonida barcha Rashid Qodirov va uning sheriklarining ko‘rsatmalari birma-bir atroflicha tekshirildi, ikki yuzga yaqin guvohlarning ko‘rsatuvlari tinglanib, ish bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertiza va xizmat tekshiruvlari xulosalari, shuningdek jinoyat ishida to‘plangan dalillar, ularning qonuniyligi va asosliligi nuqtai nazaridan taftish qilindi.

Kiritildi: 17:02 26.06.2019. O'qildi: 2492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!