Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida norasmiy Telegram-botlar orqali haq evaziga ovoz berish mumkinligi haqidagi chalg‘ituvchi reklamalar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha utkir_shodmonov (O‘tkir Shodmonov), Mominlive.1 (Abdurasul Ibroximov), Aslbek_emir (Amirov Asilbek) va jasjannew (Jasur Shodiyev) kabi blogerlarga ogohlantirish va tushuntirishlar berildi hamda tegishli choralar ko‘rilib, reklamalar olib tashlandi.
Fuqarolardan ovoz berishda faqat "Ochiq budjet" axborot portali, uning rasmiy mobil ilovalari va Telegram-botidan foydalanish, norasmiy takliflarga ishonmaslik so‘raladi, deyiladi xabarda.