Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ramzon Qodirovning qarorgohini tozalash uchun qancha pul sarflanadi?

Ramzon Qodirovning qarorgohini tozalash uchun qancha pul sarflanadi?

Checheniston rahbari va hukumati ishlar boshqarmasi Ramzon Qodirovning Grozniydagi qarorgohiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha e’lon joylashtirdi. Hujjatga ko‘ra, Checheniston hukumati qarorgohni tozalash ishlari uchun byudjetdan 51,1 million rubl miqdorida mablag‘ ajratishga tayyor.

Shartnoma doirasida pudratchi binoning ichki qismini tozalashi, shuningdek, bog‘ bilan shug‘ullanishi, chiqindilarni olib chiqib tashlashi va bino old qismini yuvishi talab etiladi. Qodirovning qarorgohiga 18 yoshdan kichik bo‘lmagan va 40 yoshdan oshmagan ishchilar xizmat ko‘rsatishi kerak.

Qodirovning qarorgohi 2012 yilda qurilgan. «Novaya gazeta» ma’lumotlariga ko‘ra, uning qurilishi 10 milliard rublga tushdi, umumiy maydoni 64 ming kvadrat metrga teng.

Kiritildi: 15:51 05.12.2018. O'qildi: 1433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!