Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ramzan Qodirovning Instagram’i nega yana ochilmay qoldi? (foto)

Ramzan Qodirovning Instagram’i nega yana ochilmay qoldi? (foto)

14 noyabr kuni Instagram ma’muriyati Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning akkauntini (@kadyrov_95) blokdan chiqardi. Bu haqda TJournal 15 noyabrga o‘tar kechasi xabar berdi. Ammo 15 noyabr kuni ertalab Qodirovning akkaunti yana ochilmay qoldi.

Qodirovning aytishicha, uning akkauntiga kirish 11 oylik taqiqlovdan keyin qaytarildi. Qodirov unga akkauntiga taqiqlov sababi tushuntirilgani yoki yo‘qligiga oydinlik kiritmagan.

Checheniston rahbarining ta’kidlashicha, har qanday ijtimoiy tarmoq ma’muriyati «aloqalar va erkin muloqotning rivojlanishiga ko‘mak berishi kerak» va «yuz bergan xato» boshqa qaytarilmasligiga umid bildirgan. «Bu vaqt davomida mening millionlab obunachilarim birinchi qo‘llardan ma’lumot olish imkoniyatidan mahrum etildi», — dedi Qodirov.

Qodirov akkaunti tiklangandan keyingi birinchi postini to‘pponchasi va uni qanchalik «yaxshi ko‘rishiga» bag‘ishladi, deyiladi xabarda. Biroq ayni paytda ushbu postni ko‘rib bo‘lmaydi, sahifani ochishga uringanda esa «Afsuski, bu sahifaga kirib bo‘lmaydi. Ehtimol, siz mavjud bo‘lmagan havoladan foydalandingiz yoki sahifa o‘chirilgan» — degan yozuv chiqmoqda.

2017 yil 23 dekabrda Qodirovning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti bloklangan edi. Bundan avvalroq esa AQSh rasmiylari inson huquqlari poymol etilishiga aloqador shaxslar o‘rin oladigan «Magnitskiy ro‘yxati»ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni kiritgan edi.

Kiritildi: 11:51 15.11.2018. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!