Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga «Rossiyaning faxriy quruvchisi» ko‘krak nishonini topshirdi. Bu qurilish sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan fuqarolarga beriladi.
Taqdirlash marosimi Grozniy shahridagi turar-joy majmuasining ochilishida bo‘lib o‘tdi.
Professionallik, mehnatsevarlik va kasbga sodiqlik uchun Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Axmatovich Qodirov «Rossiyaning faxriy quruvchisi» ordeni bilan taqdirlandi.
– dedi tadbir boshlovchisi belgini taqdim etar ekan.
Ramzan Qodirov 50 dan ortiq turli darajadagi mukofotlarga ega. Avgust oyida Checheniston rahbari kasbiy yutuqlari va insoniyat oldidagi xizmatlari uchun beriladigan Rossiyaning Lyudvig Nobel mukofotini oldi.