Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ramzan Qodirov kimni tug‘ma qo‘rqoq va jinssiz jonzot deb atadi?

Ramzan Qodirov kimni tug‘ma qo‘rqoq va jinssiz jonzot deb atadi?

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Rustavi 2» kanali orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni haqoratlagan gruziyalik teleboshlovchiga nisbatan keskin fikrlarni bildirdi, deb xabar beradi «MK.ru».

"Daryo"ning yozishicha, Ramzan Qodirov jurnalistning o‘zini «maraz va tuban» deb atadi. Shu bilan birga Qodirov ushbu aksiyada faqatgina Georgiy Gabuniya ishtirok etmaganini ta’kidlamoqda. U Gruziyaga nisbatan eng qattiq sanksiyalarni joriy etishga chaqirdi va dunyoda Gabuniyaning qimishi uchun jazolashga tayyor ko‘plab yoshlar borligi haqida ogohlantirdi.

Qodirovning ta’kidlashicha, Kavkazda erkaklar hatto dushmaniga nisbatan ham teleboshlovchi Georgiy Gabuniya ishlatgan so‘zlardan foydalanmaydi. Sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, Checheniston rahbari jurnalistni «na Kavkaz farzandi, na erkak va na tog‘lik» deb hisoblaydi.

«Gabuniya — tug‘ma qo‘rqoq va jinssiz jonzot. U — gruzin xalqi va Gruziyaning isnodi», — deydi Qodirov.

Shuningdek, Checheniston rahbarining hisoblashicha, Gruziyaning yuqori martabali amaldorlari Rossiya prezidentidan rasman kechirim so‘rashlari va Gabuniya nisbatan jinoiy ish ochishlari lozim.

Kiritildi: 08:57 09.07.2019. O'qildi: 5042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!