Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 27 yoshli jiyani Hamzatni Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
“Yig‘ilish davomida men Shalinskiy tumani administrasiyasi rahbariyatida kadrlar o‘zgarishi bo‘yicha takliflar kiritdim. Tumanning yangi rahbari mening qa drdon akam Turpal-Ali Ibrohimov bo‘ladi. Hurmatli jiyanim Hamzat esa Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga tayinlandi. Ularning ikkalasi ham rahbarlik lavozimlarida katta tajribaga ega va o‘zlariga yuklangan mas’uliyatni uddasidan chiqa oladi”, — deb Ramzan Qodirov.