Barcha go‘zal xulqlarning eng buyuk asosi bu sabrdir. Sabr – barcha razil xulqlardan poklanishlikdir. U nafsni Allohning roziligi va savobini talab qilgan holda U Zot yoqtirmagan va irodasiga qarshi har narsada chetlatmoqdir. Allohning toatini ado etishda sabr qilish, Uning ma’siyatidan qaytishda sabr qilish, hamda Allohning bitgan taqdirlariga sabr qilishlik shuning ostiga doxil bo‘ladi. Dinning barini o‘zida jam qilgan ushbu uch xislat faqat sabr bilan to‘la bo‘ladi.
Toatlar – xossatan Allohning yo‘lida jiddu jahd qilish kabi mashaqqatli toatlar va ilm talab qilish, foydali so‘z va amallarda bardavom bo‘lish kabi davomiy ibodatlar – faqat sabr, nafsni ushbu ishlarda bardavom bo‘lish, lozim tutish va matonatli bo‘lishga mashq qildirish bilangina tamomiga yetadi. Agar sabr zaiflashsa ushbu ishlar ham zaiflashadi. Uzilib qolishi ham mumkin.
Shuningdek, nafsni ma’siyatlardan tiyish. Xossatan nafsda unga kuchli chorlov bo‘lgan ma’siyatlar. Ushbu ma’siyatlarni tashlashlik faqat sabr, xohishga qarshi borish va uning achchig‘ini ko‘tarishda davomiy sabr qilish bilan tamomiy bo‘ladi.
Shuningdek, bandaga musibatlar tushgan vaqt, u ularni rozilik, shukr va buning uchun Allohga hamd aytish bilan qarshi olishni xohlaydi. Bu esa faqat sabr va ajrni (Allohdan) umid qilish bilan to‘la bo‘ladi. Qachon banda o‘zini sabrga mashq qildirsa, unda mashaqqat va qiyinchiliklarni ko‘tarishga zamin hozirlasa va buni mukammallashtirishda jiddu jahd qilsa, oqibati najot va omad bo‘ladi. O‘zi talab qilayotgan ishda jiddu jahd qilib, hamrohi sabr bo‘lganlar, ular albatta zafar quchish bilan baxtli bo‘ladilar.
Albatta, Ramazon ulkan madrasa va yuksak qal’a bo‘lib, bandalar ko‘pincha undan ibrat va foydali darslarni saboq oladilarki, ular nafslarni tarbiyalaydi, hamda uni shu oy va qolgan umrida to‘g‘irlaydi. Ro‘zadorlar ushbu ulug‘ oy va muborak mavsumda erishadigan samaralaridan, nafsni sabrga odatlantirish va uni ko‘tara bilishlikdir. Shuning uchun Rasulullohimiz sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyini bir necha hadislarda sabr oyi deb sifatladilar. Shulardan imom Ahmad va Muslim Abu Qatoda roziyallohu anhuning hadislaridan rivoyat qilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Sabr oyi va har bir oyning uch kuni ro‘zasi yil ro‘zasidir».
Imom Ahmad Yazid ibn Abdulloh ibn Shixxirdan, (u) A’robiydan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni shunday deyayotganlarini eshitdim: «Sabr oyi va har oyning uch kun ro‘zasi qalb adovatini ketkazadi».
Nasoiy Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Sabr oyi va har oyning uch kunlik ro‘zasi…».
Ushbu uch hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyini sabr oyi deb sifatladilar. Buning sababi, Ramazonda sabrning barcha turi, Allohning toatiga sabr qilish, Uning ma’siyatidan qaytishda sabr qilish, hamda Allohning bitga barcha taqdirlariga sabr qilishlik jamlanadi.
Ramazonda ro‘za, qiyom, Qur’on tilovati, yaxshilik, ehson, jo‘mardlik, saxovat, taom ulashish, zikr, duo, tavba, istig‘for va bundan boshqa toat turlari mavjud. U, inson uni eng komil va eng afzal suratda ado qilishi uchun sabrga ehtiyoj sezadi.
Unda tilni yolg‘on, firib, lag‘v, so‘kish, haqorat, shovqin ko‘tarish, talashib-tortishish, g‘iybat va chaqimchilikdan tiyish, hamda qolgan a’zolarni jamiyki ma’siyatlarga qo‘l urishdan to‘sishlik bor. Bu esa Ramazon va undan boshqalarida ham bo‘ladi. Ushbu ma’siyatlardan uzoq bo‘lishlik sabrga ehtiyoj sezadi. Hatto banda ularga tushishdan nafsini saqlashga qodir bo‘ladi.
Ramazonda nafs astoydil xohlashiga qaramay taom, ichimlik va unga bog‘liq narsalarni tark etishlik bor. Shuningdek, nafsni jimo’-(qo‘shilish) va undan oldin bo‘ladigan ishlar kabi Alloh unga halol qilgan shahvat va lazzatlardan tanballashlik mavjud. Bunga esa nafs faqat sabr bilan qodir bo‘ladi.
Ramazon sabrning barcha turini o‘z ichiga olgan. Mashoyixlar shunday dedilar: «Nafsda ikki (xil) kuch bor. Intilish va chekinishlik kuchi. Sabrning haqiqati, intilish kuchi o‘ziga foydali narsalarga sarf etililishi. Chekinish kuchi esa o‘ziga zararli narsalardan tutib turishga (sarf etilishidir). Odamlar orasida o‘ziga foydali bo‘lgan narsalarni bajarish va unda sabotli bo‘lishda sabr qilishining kuchi, o‘ziga zararli narsalardan sabr qilishidan kuchliroq bo‘lganlari bor. Natijada toat mashaqqatiga sabr qiladiku, istagini qaytarilgan ishlarga qo‘l urib qo‘yishga chorlovchi narsadan sabr qilolmaydi. Ular orasida sabrining (shariatga) xilof ishlardan (qaytishdagi) quvvati toatlarning mashaqqatiga sabr qilishidan kuchliroq bo‘lganlari bor. Ular orasida yana na bundan va na undan sabr qila oladiganlari bor. Odamlarning eng afzali ikki turga ham sabrliroqlaridir. Odamlarning ko‘pi issiqni issiq, sovuqni sovuq demay qiyomul layl og‘irliklari va ro‘za mashaqqatiga sabr qiladiyu, haromga nazar tashlashlikdan sabr qilolmaydi. Odamlarning ko‘pi nazar tashlash va suratlarga qayrilib qarashdan sabr qiladiyu, yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish, hamda kofir va munofiqlarga qarshi jihod qilishda sabri yo‘q. Balki u bu borada eng zaif va eng ojizdir. Ko‘plarini ushbu ikki ishning birortasiga sabri yo‘q. Eng ozlari esa ushbu ikki o‘rinda sabr qiluvchiroqlaridir».
Yana shunday dedilar: «Bizdan bo‘lgan bir insonning sabri istak va shahvatini undovchi narsaga g‘olib kelsa farishtalar (safi)ga qo‘shiladi. Agar istak va shahvatga undovchi narsa sabri ustidan g‘olib kelsa shaytonlar (safi)ga qo‘shiladi. Agar yeyish, ichish va qo‘shilishlik kabi tabiati undovchi narsa sabri ustidan g‘olib kelsa hayvonlar (safi)ga qo‘shiladi».
Darhaqiqat, Alloh sabrga buyurdi va sabr qiluvchilarga olqish aytdi. Hamda ularga Qur’onning ko‘plab oyatlarida oliy manzilat va qimmatli karomatlarning xabarini berdi. Ularga ajrlari behisob qilib berilishini xabar qildi. Alloh taolo dedi: «Ey iymon keltirganlar! Sabr qiling, sabrda ustun keling, qo‘riqchilikda shay turing va Allohga taqvo qiling, shoyadki, zafar topsangiz» ("Oli Imron" surasi, 200-oyat).
Alloh taolo dedi: «Sabr va namoz ila yordam so‘rang» ("Baqara" surasi, 45-oyat). Alloh subhanahu shunday dedi:
«Albatta, sizlarni bir oz xavf va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga xushxabar ber. Ular o‘zlariga musibat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», – deganlardir.
Ana o‘shalarga Robblaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o‘shalar, o‘shalargina hidoyat topganlardir» ("Baqara" surasi, 155-157-oyatlar).
Alloh taolo dedi: «...hamda namozni to‘kis ado etgan, zakotni bergan kishi hamda ahd qilganda, ahdiga vafo qiluvchilar, yo‘qchilik, qiyinchilik va shiddat vaqtida sabr qiladiganlarnikidir. Ana o‘shalar sodiq bo‘lganlardir. Ana o‘shalar, o‘shalargina taqvodorlardir» ("Baqara" surasi, 177-oyat).
Alloh azza va jalla dedi: «Albatta, Alloh sabrlilar bilandir» ("Baqara" surasi, 153-oyat). Alloh taolo sabr qiluvchilarning mukofot va ajrlari haqida shunday dedi: «Albatta, sabr qiluvchilarga ajrlari hisobsiz, to‘liq berilur» ("Zumar" surasi, 10-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim sabr mashaqqatini ko‘tarsa, Alloh unga sabr ato etadi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Albatta nusrat- sabr bilandir».
Bandaga taotlar mashaqqatini osonlashtiradigan, unga shariatga xilof ishlarni tark etishda yordamlashadigan, hamda unga musibatlarda tasalli beradigan, barcha go‘zal xulqlarni ta’minlaydigan va ularga binoning asosi kabi bir vazifani o‘taydigan xulq kifoyadir.
Qachonki banda toatdagi ertami-kech (erishadigan) yaxshiliklarni, ma’siyatdagi ertami-kech (giriftor bo‘ladigan) zararlarni, hamda musibatlarga sabr qilishdagi mo‘l-ko‘l savob va ulkan ajrni bilsa, nafsga sabr qilish oson kechadi. Unga bo‘yinsungan, samaralari bilan bezangan holatda kelishi ham mumkin. Agar dunyo ahliga uning o‘tkinchi noz-ne’matlarini hosil qilishlik uchun ulkan mashaqqatlarga sabr qilish oson kechayotgan ekan, tavfiq ato etilgan mo‘minga qanday Alloh yaxshi ko‘rgan amallarning samarasiga erishish uchun sabr qilishi oson kechmaydi?! Qachonki banda sabrida xolis bo‘lib Alloh uchun sabr qilsa, Alloh u bilan birga bo‘ladi. Albatta Alloh madad, tavfiq, qo‘llab-quvvatlash va o‘nlab qo‘yishlik ila sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Ey Alloh! Ushbu oyning haqqini ado etishimizga muvaffaq ayla. Bizni qalb adovatidan pokla, hamda bizni unda yaqin va sabr ziynatlari bilan kiyintir!
Manba: islom.uz