Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevralda boshlanadi

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevralda boshlanadi

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) huzuridagi Fatvo hay’ati 2026 yilda Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral, payshanbaga, Ramazon hayiti esa 20 mart, juma kuniga to‘g‘ri keladi, degan qaror qabul qildi.

Qaror Samarqandda bo‘lib o‘tgan Fatvo hay’ati yig‘ilishida qabul qilindi. Unda turkiy davlatlar musulmon jamoalarining birligini mustahkamlash hamda diniy amallarni ilmiy asoslar bilan uyg‘unlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, yig‘ilishda Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston hamda kuzatuvchi davlatlar — Turkmaniston va Vengriya vakillari ishtirok etdi.

Kiritildi: Bugun 19:17. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!