Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ramazon ibrati: metroga oyoq yalang kirib kelgan yigit

A A A
Ramazon ibrati: metroga oyoq yalang kirib kelgan yigit

Turkiyaning Samsun shahrida g‘aroyib hodisa sodir bo‘lgan. “Telegraf.com”ning xabar berishicha, bu haqda “Anadolu” agentligi ma’lumot bergan. Gap Emro Enes ismli shaxs tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylangan video haqida ketyapti.

Ijtimoiy tarmoq va matbuotda shov-shuv bo‘lgan bir yigitni ayni damda polisiya alohida minnatdorchilik bildirish va mukofotlash uchun axtarmoqda.

Gap shundaki, kuni kecha metrostansiyasiga ust-boshi bashang bo‘lishiga qaramay, oyoq yalang kirib kelgan yigit metropoliten xodimlarida shubha uyg‘otadi. U metroga chiqib ketgan mahal, hali manziliga yetmasidan xodimlar zudlik bilan barcha kuzatuv kameralarini ko‘zdan kechirishadi. Shunda kutilmagan holat yuz beradi. Yigit metropolitenga kiraverishda oyoqyalang tilanchilik qilib o‘tirgan bir bolaga o‘z poyabzalini sovg‘a qilgan ekan.

Xodimlar unga rahmat aytmoqchi bo‘lishgan-u, ammo ulgura olishmagan. Yigit “Memor Sinon” metro bekatida minib, “Samsunspor” bekatida tushib qolgan.

Kiritildi: 04:00 23.05.2018. O'qildi: 1568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik