Shavkat Mirziyoyev yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Yangi tizimga ko‘ra, rahbarlikka nomzodlarni baholashda eskicha “obektivka” amaliyotidan voz kechilib, sun’iy intellekt asosidagi raqamli portfolio joriy etiladi.
Shuningdek, 2030 yilgacha 1,5 ming nafar istiqbolli rahbar kadrlar zaxirasi shakllantirilib, rahbarlik lavozimlari uchun ochiq TOP-100 tanlovi yo‘lga qo‘yiladi.